16 jan 11:55
Yangiliklar
Ruslan Abdullaev ertangi jangi oldidan vazn o'lchash marosimida hozir bo'ldi va raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ruslan Abdullaev Urugvay vakili Eduardo Xaver Abreu bilan bahs olib boradi. Bugun bokschilar jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi va belgilangan vazn meyori — 63,5 kg tosh bosishdi.
Hamyurtimiz ishtirokidagi jang ertaga bizning vaqt bilan tonggi soat 4:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Malumot uchun, 37 yashar Eduardo Xaver Abreu faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.
Ruslan Abdullaev 2023 yilda -63,5 kg vazn toifasida jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'lgan. U professional ringdagi debyutini shu yilning mart oyida o'tkazib, ikkinchi raundda Xose Alvarado (3-19-1, 2KO)ni nokautga uchratgandi. Ushbu mag'lubiyat Alvarado faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag'lubiyat bo'lgan edi.
Yurtdoshimiz professional boksdagi ikkinchi jangida Jino Rodrigo (13-4-2, 11KO)ni bir ovozdan (barcha hakamlik yozuvlarida 80-71) mag'lub etgan bo'lsa, uchinchi jangida Kevin Jonson (12-7, 8KO)dan ham hakamlarning yakdil qarori bilan (80-72, 79-73, 79-73) ustun kelgandi.
Fikrlar