14 may 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruslan Abdullaev mo'g'ul raqibidan ustun kelib, jahon chempioniga aylandi!
Boks bo'yicha jahon chempionatining so'nggi kunidan o'rin olgan janglar davom etmoqda.
Bugungi kun doirasidagi uchinchi final jangi -63,5 kg vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik Ruslan Abdullaev va mo'g'ulistonlik bokschi CHinzorig Baatarsuh to'qnash keldi. Mazkur final jangi to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida Ruslan Abdullaev g'alaba qozonib, jahon chempionati oltin medali hamda 200 ming dollar kafolatlangan gonorarga ega chiqdi. Qayd etish joiz, Xalokovning oltin medali O'zbekiston termasi uchun ushbu chempionatdagi umumiy hisobda beshinchi oltin medal bo'ldi.
Kumush medalga ega chiqqan Baatarsuh esa endilikda 100 ming dollar kafolatlangan gonorarni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar