09 jan 12:04
Yangiliklar
Ruslan Abdullaev prof boksdagi to'rtinchi jangini urugvaylik tajribali bokschiga qarshi o'tkazadi (FOTO)
Olamsport.com nashriga malum bo'lishicha, musobaqada ishtirok etadigan hamyurtimiz Ruslan Abdullaevga turnir doirasida Urugvay vakili Eduardo Xaver Abreu raqiblik qiladi.
Janubiy amerikalik 37 yashar charm qo'lqop ustasi faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.
Ruslan Abdullaev 2023 yilda -63,5 kg vazn toifasida jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'lgan. U professional ringdagi debyutini shu yilning mart oyida o'tkazib, ikkinchi raundda Xose Alvarado (3-19-1, 2KO)ni nokautga uchratgandi. Ushbu mag'lubiyat Alvarado faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag'lubiyat bo'lgan edi.
Yurtdoshimiz professional boksdagi ikkinchi jangida Jino Rodrigo (13-4-2, 11KO)ni bir ovozdan (barcha hakamlik yozuvlarida 80-71) mag'lub etgan bo'lsa, uchinchi jangida Kevin Jonson (12-7, 8KO)dan ham hakamlarning yakdil qarori bilan (80-72, 79-73, 79-73) ustun kelgandi.

Fikrlar