21 sen 10:43
Yangiliklar

Ruslan Abdullaev ringga chiqqan turnirning ikki chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi
Ushbu oqshom doirasida ikki chempionlik jangi muddatidan avval yakuniga etdi. Minimal vaznda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Luis Kollaco hamda ayollarning o'ta engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Gabriela Fundora o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Lekin har ikki bahsda jangning to'xtatilishi boshqacha bo'ldi.
Sebastyan Fundoraning 23 yoshli singlisi Gabriela Fundora raqibasi Aleksas Kubickini ettinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Og'ir zarbalar seriyasidan keyin referi Rey Korona jangni to'xtatishga qaror qildi.
Kollaco esa filippinlik Jeyson Veysonga qarshi ringga ko'tarildi. Ushbu jang ancha raqobatli tus oldi. Birinchi raundda davogar nokdaun holatiga tushib qoldi. Ettinchi raundda Veysonnig sekundantlari ring markaziga mag'lubiyatni tan olish manosida oq sochiq irg'itishdi. Jeyson esa o'sha vaziyatda zarba o'tkazishi barobarida o'zi ham javob berayotgandi. Jang to'xtatilgan vaziyatda Kollaco uchchala hakamning yon daftarchasida 59-54 hisobida g'alaba qozonayotgandi.
Fikrlar