06 mar 00:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruslan Abdullaevning licenzion turnirdagi ilk jangi birinchi raundda yakunlandi
Italiyaning Busto-Arcizio shahrida o'tkazilayotgan licenzion turnirning ikkinchi kunida hamyurtlarimizning ishtiroki yakunlandi.
Musobaqada -63,5 kg vazn toifasida jang qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Ruslan Abdullaev hindistonlik SHiva Tapaga qarshi ringga chiqdi.
Quvonarlisi, jangda Abdullaev birinchi raundning o'zida texnik nokaut evaziga g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq To'rabek Xabibullaev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Rayhona Qodirova ham musobaqani g'alaba bilan boshlagandi.
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar