So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

18 jan 19:19
Yangiliklar

Gimnastika

Ruslan Mustaev O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib boradi

Kecha O'zbekiston gimnastika federaciyasida (O'GF) navbatdan tashqari konferenciya bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda federaciyaning rahbariyati va hujjatlarni yuritish masalalari, shuningdek, 2020 yil uchun mo'ljallangan sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda federaciyaning faxriy tarkibini ko'rib chiqish kun tartibining asosiy masalalari bo'ldi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Ruslan Mustaev va federaciya vakillari ishtirok etishdi. 

Konferenciya ishida federaciya direktori G.V. Izrailbekova so'zga chiqib, o'z faoliyati davomida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, hukumat qarorlari, meyoriy hujjatlarga amal qilinishini takidladi. Bundan tashqari ijro intizomi hukumat topshiriqlarining o'z vaqtida yuqori darajada bajariladigan jihat ekaniga to'xtalib o'tildi. 

Tadbir davomida nafaqat O'zbekiston gimnastika federaciyasi, balki hududiy bo'linmalar faoliyatida ijro intizomiga so'zsiz rioya etish, belgilangan vazifalar va topshiriqlarni o'z vaqtida sifatli bajarish, joylarda qatiy tartib va intizomni taminlash zarurligiga etibor qaratildi. SHuningdek, federaciyaning hududiy bo'linmalar vakillari delegatlarni joylarda amalga oshirilgan ishlar, sport bazalarining texnik holati va jihozlanishi bilan tanishtirishdi.

Federaciya boshqaruvi 2018 yil mart oyidan beri O'zbekiston gimnastika federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ruslan Bulatovich Mustaev qo'lida bo'lib turgandi. Bugungi konferenciyada O'GF azolari Ruslan Mustaevni federaciya raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borishini tasdiqlashdi.

SHundan so'ng konferenciya delegatlari tomonidan sportchilar va ularning murabbiylarini tuman, mintaqaviy va Respublika sport tadbirlaridagi ishtirokini legallashtirishga doir umumiy masalalar muhokama qilindi. 

Konferenciya yakunida federaciya faxriy azolariga sertifikatlar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing