16 sen 18:50
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rustam Assakalov bronza medali uchun kurashda gilamga chiqdi
Nur-Sultan shahrida davom etayotgan yunon-rim kurashi bo'yicha jahon chempionatining bugungi kuni vakillarimiz uchun yana bir xushxabar bilan yakunlandi.
Biroz avval -87 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgan Rustam Assakalov bronza medali uchun kurash olib bordi. Vakilimizga bu bosqichda qirg'izistonlik Atabek Azisbekov raqiblik qildi. SHiddatli va murosasiz kechgan bellashuv Assakalovning g'alabasi bilan yakunlandi va vakilimiz bronza medalini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor bo'lib, terma jamoamizning musobaqadagi birinchi medaliga mualliflik qilgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar