13 apr 23:28
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rustam Assakalov Osiyo chempionatining bronza medali sohibi
Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha o'tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kuni ortda qoldi.
Xabar berganimizek, 55 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz Ilhom Bahromov kumush medalni qo'lga kiritgan edi. 87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali "klassigimiz", Tokio Olimpiadasi licenzianti Rustam Assakalov Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. U qozog'istonlik Nursulton Tursinovdan ustun keldi.
Eng og'ir vazn (130 kg) toifasidagi polvonimiz Suhrob Fattoev esa bronza medali uchun kechgan bahsda qirg'izistonlik Murat Ramonovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar