28 sen 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Rustam To'laganov oktyabr oyida jang qilishi mumkin
Rio Olimpiadasi sovrindori, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan Rustam To'laganov navbatdagi jangini oktyabr oyida o'tkazishi mumkin.
Murabbiy Ravshan Xodjaevning olamsport.com saytiga malum qilishicha, To'laganov 31 oktyabr kuni Sochi shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida ringga ko'tarilishi ehtimoli bor. Hozircha o'sha kuni unga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Eslatib o'tamiz, To'laganov shu kungacha prof boksda uchta jang o'tkazib, ularning har uchchalasini g'alaba bilan yakunlagan. Janglardan bittasida u nokaut evaziga g'olib bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar