24 sen 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganovning Olimpiadadagi raqibi navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazadi
Rossiyalik Olimpiya o'yinlari g'olibi Evgeniy Tishenko navbatdagi jangini chempionlik kamari uchun o'tkazadi.
Bu haqida bokschining o'zi malum qildi.
“Ikki hafta avval navbatdagi jangim tez orada elon qilinishini bildim va tayyorgarlikni boshlab yubordim. Jang Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi. Bahs chempionlik kamari uchun kechadi. Hozircha raqibim va jang sanasi aniq emas”, - deb yozib qoldirgan Rio Olimpiadasi chempioni.
Malumot uchun, Tishenko Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlarining -91 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan. Professional boksda esa hozircha ettita jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar