05 avg 16:31
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
Sabina Tashkenbaeva o'zi bilan bo'lgan holatga izoh berdi
Olimpiya o'yinlarida yakkalik bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilishi lozim bo'lgan Sabina Tashkenbaeva virusga chalinganiga izoh berdi.
"Tokioda musobaqalar davom etmoqda. Bu musobaqalarda O'zbekiston gimnastika terma jamoasi safida men ham ishtirok etishim kerak edi. Ammo koronavirus meni ham chetlab o'tmadi va ketish oldidan topshirgan test tahlilim ijobiy chiqdi. SHu sababli ham men Tokioda bo'lib o'tayotgan Olimpiya o'yinlarida ishtirok eta olmayman. Meni o'rnimga Olimpiadada Ekaterina Fetisova ishtirok etadi, unga bo'lajak musobaqada omad tilayman. Biz murabbiyim bilan Olimpiadada ishtirok etish uchun borimizni bergan edik va qiyinchilik bilan yo'llanma olgandim. Meni qo'llab turganlardan minnatdorman. Barchaga rahmat!", - dedi Sabina.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar