So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

21 apr 09:29
Yangiliklar

Dzyudo

Sahro bag'ridan chiqayotgan chempionlar

Yurtimizda olimpiya oilasiga mansub dyuzdo sport turi bilan shug'ullanayotgan yoshlar soni tobora ortib boryapti.

Jumladan, Navoiy viloyatida ham dzyudoga qaratilayotgan etibor natijasida ushbu yakkakurash turiga mehr qo'yayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda. Viloyatning birgina butun sobiq Ittifoqda mashhur bo'lgan Uchquduq shahri misolida olsak, mittigina "oltin hudud"dan turli yosh toifasidagi mamlakat chempionlari, xalqaro musobaqa g'olib va sovrindorlari etishib chiqqaniga guvoh bo'lamiz. 

Mahalliy yoshlarga oliy toifali murabbiyi, "SHuhrat" medali sohibi Alisher SHodmonov dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Alisher akaning shogirdlaridan uch nafari - Iroda Jumanova, Dilnoza Kamolova va Mahliyo Mannonova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko'rilishgan. 

"Navoiy tog' metallurgiya kombinatiga qarashli "Lochin" sog'lomlashtirish sport majmuasida yoshlarga dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelyapmiz. Bizda sportga etibor yuqorida darajada. Bosh homiyimiz Navoiy tog' metallurgiya kombinati viloyat chempionti, Respublika miqyosidagi turnirlar, O'zbekiston chempionati va kubogi, shuningdek, yurtimizdan tashqarida o'tkaziladigan musobaqalar, o'quv-mashg'ulot yig'inlariga pul ajratadi. Men sanab o'tgan musoboqalarga o'z hisobimizdan borish mumkin emas. SHaroitimiz havas qilgudek darajada. Biz shug'ullanadigan sport maskani Navoiy shahridan 320 kilometr uzoqlikda, olis cho'l hududida joylashgan. Bu erda dzyudo bilan ikki yuzga yaqin yoshlar shug'ullanadi. Ulardan 30 nafarini qizlar tashkil etadi. CHo'l hududi bo'lishiga qaramay, bizdan ko'plab O'zbekiston chempionlari, Osiyo chempionati hamda Kubogi g'olib va sovrindorlari etishib chiqqan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Qizlarimizdan uch nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko'rilgan. Uchchalasi ham uchkuduqlik qizlar. Iroda Jumanova hozirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetida, Dilnoza Kamolova Ichki ishlar vazirligi akademiyasida, Mahliyo Mannonova esa Jismoniy tarbiya institutida tahsil olyapti va parallel ravishda Milliy Gvardiyada ishlayapti. SHogirdlarimizdan Sardor Toshimov, Sabrina Qo'ldosheva, Umida Normurodova, Marjona Tursunova, opa-singil Gulasal va Gulina Obloqulovalar yoshlar hamda kattalar o'rtasida O'zbekiston chempioni va sovrindori bo'lishgan. Asosiy maqsadimiz - jamiyatimizga har tomonlama sog'lom, komil insonlarni tayyorlash, terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berishdan iborat", - deydi Alisher SHodmonov. 

Ishonchimiz komil, yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda uchquduqlik yoshlar xalqaro musobaqalarda ham o'z so'zlarini aytishadi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing