So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

26 may 12:58
Yangiliklar

Stol tennisi

Saida Mahmudova - O'zbekiston stol tennisi federaciyasining yangi prezidenti!

Guvohi bo'layotganingdek, so'nggi paytda o'zbek sportida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda.

Sport federaciyalar va associaciyalar rahbariyatidagi yangilanishlar ham ushbu islohotlardan chetda qolayotgani yo'q. SHu kungacha O'zbekiston karate, taevkondo WTF, engil atletika, "Rowing & Canoe" federaciyalarining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyalari tashkil qilinib, tashkilotlarga yangi rahbariyat saylandi va ular oldiga yangi vazifalar belgilab berildi. 

Ana shunday konferenciyalardan biri bugun O'zbekiston stol tennisi federaciyasi bilan o'tkazildi. Milliy olimpiya qo'mitasida tashkil qilingan ushbu yig'ilishda MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, O'zbekiston stol tennisi federaciyasi xodimlari ishtirok etdi. Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi prezident saylashdan iborat edi.

Sir emaski, stol tennisi bo'yicha Osiyo mamlakatlari vakillari dunyo miqyosida etakchi hisoblanadilar. Ularga raqobat tug'dirish borasida manaman degan davlat vakillari ham yaxshigina qiyinchilikka duch keladilar. Ammo, bugungi kunda sportning ushbu turi taraqqiy etgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish, o'zbek sportchilarini ular bilan tengma-teng raqobatga tayyorlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 

Ana shularni hisobga olgan holda, sobiq sportchi, murabbiy, shu kungacha stol tennisi federaciyasida bosh kotib lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi Saida Saidikromovna Mahmudova  nomzodi tashkilot rahbarligiga taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan S.Mahmudova nomzodini qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa, Saida Mahmudova O'zbekiston stol tennisi federaciyasi prezidenti etib saylandi.

O'z navbatida  Saida Mahmudova o'ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatini ishga solishini malum qildi.

"Bu erda o'tirganlarning deyarli barchasi bilan tanishmiz, birga ishlaganmiz. Umid qilamanki, hamjihatlikda o'zbek stol tennisining mavqeini yanada yuqorilarga ko'taramiz. O'zimga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilaman va buning uchun bor kuchimni berishga tayyorman ", - dedi Saida Mahmudova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing