30 noy 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidjamshid Jafarovning prof boksdagi debyut jangi to'liq davom etdi
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida professional boks bo'yicha RCC Boxing oqshomi start oldi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Saidjamshid Jafarov ringga chiqdi.
Unga rossiyalik Gor Oganesyan raqiblik qildi.
Birinchi o'rta vazn toifasidagi jang 6 raund etib belgilangandi. Bokschilar o'rtasidagi to'liq davom etgan bellashuv yakunida hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu Jafarov uchun prof faoliyatidagi ilk jangi bo'ldi. SHu tariqa, u professional faoliyatini g'alaba bilan boshladi.
Oganesyan esa bugun faoliyatidagi to'rtinchi jangida ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar