12 mar 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidotaxon Nuriddinov Toshkentda rossiyalik MMAchi bilan jang qiladi
2 aprel kuni "Humo arena"da MMA bo'yicha Octagon 85 turniri o'tkaziladi.
Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi bahs ham malum bo'ldi.
Yarim o'rta vazn toifasida Octagon League kamari uchun o'zbekistonlik sobiq davogar Saidotaxon Nuriddinov turnir doirasida rossiyalik Magomed Maxamaev bilan to'qnash keladi.
Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.
Saidotaxon Nuriddinov faoliyati davomida shu kungacha 13 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Magomed Maxamaev hisobida esa 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar