12 mar 12:31
Yangiliklar
Gimnastika
Bugun gimnastikachilarimiz Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi.
15 martga qadar davom etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham qatnashishadi.
Mamlakat gimnastika federaciyasining malum qilishicha, ushbu bosqichda quyidagi 4 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Abdulaziz Mirvaliev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana CHusovitina.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar