19 noy 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidotaxon Nuriddinovning keyingi raqibi va jang sanasi elon qilindi
30 noyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 82 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa tashkilotchilarining malum qilishicha, o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, yarim o'rta vazn toifasida kamar uchun sobiq davogar Saidotaxon Nuriddinov ham turnirda chiqish qiladi.
Nuriddinovga o'sha kuni Qozog'iston vakili Rustem Muxatov raqiblik qiladi.
Saidotaxon faoliyati davomida hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Muxatov hisobida esa 13 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Avvalroq, Octagon 82 turnirida yana bir hamyurtimiz — Abdumalik Yorbo'taev ham jang qilishi haqida xabar bergandik.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar