30 mar 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub bilan bir oqshomda yana bir o'zbekistonlik jang qiladi
Firdavs Hasanov Saidyoqub Qahramonov bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi.
8 aprel tongida AQSHning Janubiy Karolina shtatida aralash jang sanatlari bo'yicha XMMA 6 turniri bo'lib o'tadi.
Ahamiyatlisi, turnir doirasida yana bir o'zbekistonlik jang qiladi. Firdavs Hasanov (8-4) mezbon yurt vakili Josh Smitga (11-8) qarshi oktagonga chiqadi. Hamyurtimiz so'nggi to'rtta jangining barchasida mag'lub bo'ldi, uning raqibi ham so'nggi jangida g'alabani boy bergan.
Turnirning markaziy jangida ikki nafar UFC sobiq jangchilari — o'zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov (10-3) va AQSH vakili Fransisko Riveyra (15-10) to'qnash keladi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi musobaqa YouTube platformasidagi XMMA TV kanali orqali translyaciya qilinadi.
Havola :
Manba : instagram.com/firdavs_khasanov_
Fikrlar