27 mar 10:10
Yangiliklar

Saidyoqub Qahramonov: "O'zimni yana tirik his qilyapman"
29 yoshli hamyurtimiz 29 mart tongida AQSHning Ayova shtati, Ayova shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha XFC 52 turniri doirasida braziliyalik Bruno Santos bilan jang qilishi haqida xabar bergandik. U mazkur jangi haqida fikr bildirdi.
"SHanba tongida bo'lib o'tadigan jangimni intiqlik bilan kutyapman. Janglar haftasi o'zimni yana tirik his qilishimga sabab bo'ldi. Xudoga shukur", deb yozdi u o'z sahifasida.
Malumot o'rnida, samarqandlik Saidyoqub Qahramonov 2021-2022 yillar davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Uning hisobida jami 11 g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. Hamyurtimiz MMA qoidalari bo'yicha so'nggi jangini 2023 yilning may oyida Rafael Kostaga qarshi o'tkazib, g'olib bo'lgandi.
Bruno Santos esa faoliyati davomida hozirgacha 24 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Fikrlar