04 may 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov UFC chempioni Belal Muhammad bilan mashg'ulotdan surat joyladi (FOTO)
Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
U o'zining Instagram profiliga yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, amerikalik aralash yakka kurash ustasi Belal Muhammad bilan mashg'ulot jarayonidan surat joyladi.
"And still", deya quyidagi suratni izohlagan Qahramonov.
Belal 11 may kuni o'z kamarini Jek Della Maddelenadan himoya qilishga urinib ko'radi. Qahramonov esa o'zining keyingi jangini 17 may kuni o'tkazishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar