15 fev 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonovning navbatdagi jangi sanasi va manzili malum bo'ldi (VIDEO)
Eng engil vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Saidyoqub Qahramonovning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 27 mart kuni Belarus poytaxti Minskda tashkil etiladigan ACA 201 turnirida ishtirok etadi. Bu haqda 30 yoshli Saidyoqub o'zining Instagram sahifasida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, UFC cobiq jangchisi bo'lmish Qahramonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2025 yilning oktyabr oyida ACA 194 turniri doirasida misrlik Omar El Biliga qarshi o'tkazib, birinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar