26 avg 12:24
Yangiliklar
Saken Bibossinov kelajagi haqidagi savolga javob berdi
Avvalroq, uning murabbiyi Mirzagali Aytjanov o'z lavozimini tark etishi ortidan, Bibossinov ham terma jamoadan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Sportchi bu xabarni rad etdi.
"Xech narsa o'zgargani yo'q. Men haliyam boksdaman. Men Olimpiya o'yinlarida rejalashtirilgan natijani qayd eta olmadim. Uyga qaytishim bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordim.
Bazilar terma jamoadan ketishim haqida mish-mishlar tarqatishdi. Bu yolg'on.
Ha, terma jamoada murabbiylar shtabi o'zgargan paytda kelajakdagi rejalarim haqida aniq gapira olmayman. Lekin shuni aytishni istardimki, men katta sportdan ketmayman va boks tushishda davom etaman.
Olimpiadaga keladigan bo'lsak, bazi yigitlarimiz raqiblarga 2:3 hisobida yutqazishdi. Bu omadsizlik bizni yanada kuchli qiladi.
Mirzagali Aytjanov terma jamoadan ketgan bo'lsada, xech kim uning xizmatlarini inkor qila olmaydi. Men doimo o'z murabbiyim bilanman", - dedi Saken Bibossinov.
Fikrlar