13 jan 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Saken Bibossinov Qozog'iston terma jamoasidagi qarorini tasdiqladi
Qozog'istonlik bokschi Saken Bibossinov terma jamoada vazn toifasini o'zgartirmoqchi emasligini aytdi.
— "Saken, bazilar "u yana og'irroq vaznga ko'tarila oladimi?" degan savolni o'rtaga tashlamoqda. Sizda shunday niyat bo'lganmi?
— Og'irroq vaznga o'tish uchun menda biroz vazn etishmaydi, ehtimol, kuch ham kamlik qilar. Bo'yim baland, qo'llarim uzun bo'lgani uchun ko'pchilik sinab ko'rishni taklif qiladi, ammo vazn ko'paymasa, bu juda qiyin.
— 55 kg vaznni ushlab turish qiyin emasmi?
— Hozir 55 kg unchalik og'ir emas. Bu vaznda raqobat juda kuchli. Umuman olganda, Qozog'istonda barcha vazn toifalarida raqobat yuqori. Menga imkoniyat berilsin va musobaqalarda qatnashishga ruxsat berishsin - Alloh xohlasa, Qozog'iston sharafini munosib himoya qilaman. Biz bor kuchimizni ishga solamiz.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar