10 may 11:32
Yangiliklar
Futbol

Saloh - jurnalistlar talqiniga ko'ra APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi!
Angliya futbol jurnalistlari uyushmasi "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
Hujumchi ovoz berish yo'li bilan eng yaxshi bo'ldi. Jurnalistlarning 90 foizi aynan misrlik futbolchini APLning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblagan. Undan keyingi o'rinlardan Virjil van Deyk va Aleksandr Isak joy oldi.
Saloh ushbu sovringa uchinchi marta ega chiqdi. U shu tariqa, Terri Anrining rekordini takrorladi. U avvalroq 2018 va 2022 yillarda ham ushbu sovrinni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar