So’nggi yangiliklar

18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 0 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0

28 apr 07:38
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Salomat Ko'chimova: "Maqsad bitta - Olimpiada yo'llanmasi!"

SHu kungacha o'tkazilgan olimpiya o'yinlarida O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi azolari ishtirok etishmagan.

Har safar yo'llanmaga bir qadam qolganida ana shu imkoniyatni qo'ldan chiqarganmiz. Bu galgi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidan murabbiylarimizning umidlari katta. Biz ayni mavzu yuzasidan terma jamoa murabbiylaridan biri Salomat Ko'chimova bilan suxbatlashdik. 

- Karantin davri hammamiz uchun sinov hisoblanadi. Siz va shogirdlaringiz bu kunlarni qanday o'tkazyapsizlar?

- Biz bu sinovni sabr qilib, karantin qoidalariga amal qilgan holda, mashg'ulotlardan cheklanmasdan, uy sharoitida o'tkazyapmiz. Karantin butun O'zbekistan xalqi uchun katta sinov. Xudo xohlasa, bu sinovlardan katta talofat va yo'qotishlarsiz o'tib olamiz. 

- SHogirdlaringizning mashg'ulotini onlayn tarzda kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, har kunlik mashg'ulotlarni nazorat qilib boryapmiz. To'g'ri, to'laqonli mashg'ulot o'tkazishning sira ham iloji yo'q. Lekin bor imkoniyatdan foydalangan holda shug'ullanyapmiz. Oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz ulkan. Nasib qilsa, ularga bosqichma-bosqich erishib boramiz. 

- SHogirdingiz SHohida Ahmedova 2018 yili Argentinada o'tgan o'smirlar Olimpiadasining kumush medali sovrindori hisoblanadi. Tabiiyki, kattalar terma jamoasining umidli azolaridan. Uning bugungi holati haqida nima deya olasiz?

- SHogirdim bilan karantin qoidalariga amal qilgan holda har kuni birga mashg'ulot o'tkazyapmiz. SHohidaning hozirki holati yaxshi. Yuqorida aytganimdek, jamoaviy sharoitda emasmiz. Lekin mashg'ulotni to'xtatganimiz yo'q. Bizni oldinda licenzion turnirlar kutib turibdi. Maqsad bitta - Olimpiada yo'llanmasi!

- Olimpiadaning bir yilga kechiktirilishi ayollar terma jamoasi azolari uchun foydali bo'ldimi yoki aksincha?

- Biz Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun astoydil kirishgan edik. Qizlarimizning o'sha paytdagi tayyorgarligi, ko'zining yonib turishini inobatga olsak, Olimpiadaning qoldirilishi biz uchun yaxshi bo'lmadi. Boshqa tomondan esa tayyorgarlikning yanada kuchaytirib olish, raqiblarga qarshi munosib hozirlik ko'rish uchun fursat yuzaga keldi. Endi hozir butun dunyo bir xil holatda. 

- Qizlarimizning natijalari yildan-yilga ijobiy ko'rinish olyapti. Yoshlar o'rtasidagi jahon va qita chempionatlari, o'smirlar Olimpiadasida g'olib hamda sovrindorlarimiz bor. Bu o'sishni nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? Selekciya natijasimi yoki boshqa omillari bormi?

- Bizning sport turida qizlarga bo'lgan etibor sezilarli darajada kuchaytirildi. Oldinlari bir-ikkita viloyatda sanoqli qizlar bor edi. Men buni o'zimdan qiyos qilaman. Kurashchi sifatida 16 yil musobaqalarda ishtirok etdim. U paytlarda kurash bilan shug'ullanadigan qizlar kam edi. Hozir esa deyarli barcha viloyat kurashchi-qizlari O'zbekiston chempionatlarida qatnashyapti. Buning natijasida kuchli raqobat yuzaga kelgan. Sportchilarni rag'batlpntirish, ularga bo'lgan etibor qizlarimizni ruhlantiryapti. Qolaversa, har bir o'quv-mashg'ulot yig'iniga sportchining murabbiy ham jalb etilyapti. Bosh murabbiyga har bir viloyatdan trenerlar ko'maklashyapti. Tabiiyki, bu yondashuv qizlarimizning o'sishiga katta xissa qo'shyapti. 

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing