So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

31 okt 10:03
Yangiliklar

Tadbirlar

“Samarkand Half Marathon” xayriya tadbiri yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

Teglar :  MarafonSamarqand
Xabaringiz bor, Samarqand shahrida 1-3 noyabr kunlari “Samarkand Half Marathon” xayriya tadbiri bo'lib o'tadi.

Ushbu xayriya tadbirining dasturini taqdim etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi direktorining o'rinbosari Saida Mirziyoeva, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktorining o'rinbosari Gayane Umerova, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov va boshqalar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Saida Mirziyoeva so'zga chiqib, Samarqand yarim marafonini jamiyatda faol yashash tarzini ilgari surish va madaniyatning barcha uchun, shu jumladan nogironligi bor insonlar uchun ochiqligini taminlash g'oyasini qo'llab-quvvatlashini takidlab o'tdi.

“Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Aytib o'tish joizki, bizning agentligimiz ham shu yo'nalishda faoliyat yuritadi. 2019 yilda biz “Ko'ngil ko'zi“ loyihasi doirasida “Yo'l xaritasi“ni ishlab chiqdik. U nogironligi bo'lgan insonlarni ijtimoiy ko'nikmasi bo'yicha, ko'zi ojiz va yaxshi ko'ra olmaydigan insonlarni o'quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan taminlash bo'yicha aniq harakatlarni ko'zda tutadi.”-deydi Saida Mirziyoeva.

SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qasimov ham “Samarkand Half Marathon” xayriya tadbiri xususida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekistondagi birinchi xalqaro xayriya yugurish marafonini qo'llab-quvvatlaydi. Biz bu loyiha ustida ishlayotgan hamkasblarimizning faoliyatlarini qiziqish bilan kuzatib boramiz. SHuningdek, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasini kelasi yilda o'zaro hamkorlikka chorlaymiz.”- deydi Oybek Omilovich.

Loyihaning asosiy maqsadi - madaniyat va sanat obektlarining hammabopligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik etiborini jalb etishdir. SHuningdek, mazkur loyiha O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sport turizmini rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi.

“Samarkand Half Marathon” loyihasiga binoan, yarim marafonda ishtirokchilar 21, 10 va 2 km masofaga yuguradi. Bu masofalarga yugurish orqali ishtirokchilar Samarqand shahridagi 18 ta tarixiy obidani ko'radilar. SHu kungacha musobaqada ishtirok etish uchun 20 nafarga yaqin imkoniyati cheklanganlar ro'yxatdan o'tishgan. 31 oktyabrgacha bo'ladigan ro'yxatga olish jarayonida ularning soni yanada ortishi mumkin.

Yarim marafondan tushgan mablag' Toshkent shahridagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi Rossiyaning ko'zi ojiz nogironlarni reabilitaciya qilish uchun eng yangi texnologiyalarini ishlab chiqarishda etakchi “Reakom” instituti bilan hamkorlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing