15 may 13:38
Yangiliklar
Tadbirlar
Samarqandda 5000 nafardan ortiq ishtirokchi o'rtasida marafon tashkil qilindi
Samarqand shahrida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag'ishlab “Inson qadri ulug', xotira muqaddas” shiori ostida yugurish marafoni o'tkazildi.
Marafonda start Registon ko'chasi, finish esa viloyat musiqali drama teatri old maydonida bo'ldi. Marafon 3,5 km masofada o'tkazilib, jami 5 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Ushbu marafon orqali viloyat terma jamoasi shakllantirildi. Ular 17 iyun kuni “Bunyodkor” stadonida bo'lib o'tadigan “Xalqaro Olimpiya kuni”ning yugurish bo'yicha bellashuvlarida ishtirok etadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar