14 iyu 05:56
Yangiliklar
Dzyudo
Samarqandda Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi boshlandi + FOTOGALEREYA
24-26 iyun kunlari Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada hozircha 5 qitaning 29 davlatidan jami 274 (166 erkak, 108 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham turnir medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar.
Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz Samarqand shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti. Ushbu yig'in Ulan-Bator turnirida qatnashuvchi dzyudochilarimiz uchun tayyorgarlikning yakuniy bosqich vazifasini o'tab bermoqda.
Mashg'ulotlarda jarohat sabab bir nechta turnirlarni o'tkazib yuborgan Hikmatulloh To'raev, Muhammadkarim Hurramovlarni ko'rish mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar