So’nggi yangiliklar

16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0

13 mar 07:53
Yangiliklar

Sport kurashlari

Samarqandlik yoshlar mamlakat kubogi sohibi

Samarqand shahrida 2004-2005 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida yunon-rum va erkin kurash bo'yicha “O'zbekiston kubogi” jamoaviy bahslari davom etyapti.

Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida o'tkazilayotgan musobaqa dasturiga ko'ra, dastlab yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar vakillari ishtirok etgan musobaqada polvonlar o'nta vazn toifasida gilam chiqishdi. -38, -41, -44, -48, -52, -57, -62, -68, -75, -85 kilogramm vazn toifalarida o'tkazilgan bellashuvlar finalida mezbonlar - Samarqand viloyati jamoasi buxorolik yosh polvonlarga qarshi gilamga chiqishdi. 

Murosasiz kechgan bahsda samarqandlik yoshlar raqiblarini 7:3 hisobida mag'lub etib, “O'zbekiston kubogi” sohibi bo'lishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan kurashda Toshkent viloyati jamoasi farg'onalik polvonlarni shunday hisobda mag'lub etishdi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Endi navbat erkin kurashchilarga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing