12 may 08:28
Yangiliklar
Samolyotdagi voqealardan so'ng Mayk Taysonga ayblov qo'yilmaydi
"Biz San-Francisko policiya departamenti va San-Mateo okrugi sherifining policiya hisobotini o'rganib chiqdik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan samolyotdagilardan olingan turli hil video-yozuvlarni ko'rib chiqdik. Qarorimiz shuki, biz qarama-qarshi holatlardan kelib chiqib, janob Taysonga qarshi hech qanday ayblov qo'ymaymiz", - deya San-Mateo okrugi prokurori Stiven Vagstaffning so'zlarini keltiradi MMA Mania.
Eslatib o'tamiz, voqea 20 aprel kuni sodir bo'ldi. Tayson San-Franciskodan Floridaga parvoz qilayotgandi. Parvozdan oldin Mayk hamma bilan suratga tushdi. SHu bilan birga, uning orqasida o'tirgan yigit qatiyat bilan u bilan gaplashmoqchi bo'lgan. Tayson undan tinchlanishni so'ragan, biroq yigitga bu gaplar tasir qilmaganidan so'ng "Temir Tayson” uning yuziga bir necha marta zarba yo'llagan.
Fikrlar