So’nggi yangiliklar

10:21Жангга 5 кун қолганда Фьюрининг жисмоний ҳолати қандай? (+ФОТО) 0 10:00Хоакин Бакли: "Менимча, рефери Нурсултоннинг ғалабасига пул тиккан эди" 0 09:39Симеоне испан футболида ноёб рекорд ўрнатди 0 09:18Магнус Карлсен - Superbet Poland Rapid & Blitz чемпиони! Нодирбек Абдусатторов қандай натижа қайд этди? 0 08:57Новак Жокович Рим "Мастерс"да мағлуб этишди 0 08:36Шара Буллет Маҳмуд Мурадов тўқнаш келиши керак бўлган жангчига "вызов" ташлади 0 08:15"Байер"нинг мағлубиятсиз серияси 50 та учрашувга етди 0 07:54Хасбик билан жанг қилиши айтилган Абдурозик араб қизига унаштирилди + ФОТО 0 07:33Рамазон Темиров RIZIN билан шартномаси ва UFC'га ўтиши ҳақида гапирди 0 07:11Хоакин Бакли нима сабабдан Ўзбекистон байроғи билан чиқиб келганини айтди 0 21:30Мбаппедан сўнг уч карра ЕЧЛ соҳиби ҳам ПСЖдан кетишини эълон қилди 0 21:21Хитойлик курашчи 39 ёшли Магомед Ибрагимовни "нафақа"га кузатиб қўйди 0 20:09Энг оғир вазнда Париж-2024 Олимпиадасига Ўзбекистондан эркин курашчи бормайди 0 19:57Бетербиев ва Биволнинг вазнида вақтинчалик чемпионлик жанги ўтказилади 0 19:34Бортида Отабек Шукуров бўлган самолётни чақмоқ урди 0

13 avg 11:59
Yangiliklar

Boks/MMA

San-Diegoda bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy kardiga Olamsport.com saytidan maxsus prevyu + Turnirning to'liq kardi va boshlanish vaqti

14 avgust erta tongida Kaliforniya shtati San-Diego shahrida UFC'ning navbatdagi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Turnir San-Diegodagi Pechanga Arena'da bo'lib o'tadi. Ushbu turnirning asosiy kard janglariga maxsus prevyuni etiboringizga havola etamiz. Ha aytgancha, prelim kard janglari bizning vaqtimiz bilan 14 avgust soat 01:00da, asosiy kard janglari esa 03:00da start olishi belgilangan. O'zbekistonda hech qaysi telekanal tomonidan translyaciya huquqi sotib olinmagan (ochig'i muxlislar qandaydir havolalar yoki chet davlat telekanallari orqali ko'rishdan bezishgan).

Asosiy kard janglariga prevyu:

Markaziy jang:


Sobiq va bo'lajak chempionlar jangi
Markaziy jangda eng engil vazn reytingida 5-pog'onani egallab turgan Marlon Vera va shu vaznning sobiq chempioni Dominik Kruz to'qnash keladi. Vera UFC'da 2014 yildan buyon jang qiladi, uning statistikasi: 20-7-1. Marlon UFC'da SHon O'Mellini mag'lub etgan yagona jangchi hisoblanadi. UFC'dagi so'nggi mag'lubiyatini 2020 yilda Joze Aldodan qabul qilib olgan. Ketma-ket 3 ta jangdan buyon g'alaba qozonib kelayotgan Ekvador vakili bu safar yanada jiddiyroq raqib bilan to'qnash kelmoqda: Dominik Kruz. Ameriklik Kruz 37 yoshda, reytingda 8-o'rinda joylashgan. Raqibidan 5 yosh katta. Qizig'i, Dominik juda katta tanaffusdan so'ng MMAga qayta olgan. 2016 yil dekabrida u Kodi Garbrant bilan jang qilib, mag'lub bo'lgan va chempionlik kamaridan ayrilgan. SHundan so'ng, u 2020 yilda Genri Sexudoga qarshi jang bilan qaytgan va o'sha jangda ham mag'lub bo'lgan. So'nggi ikki jangida g'alaba qozongan. UFC promoushenida 8 ta jang o'tkazib, olti bor g'alaba qozongan va ikki marta mag'lubiyatga uchragan. Mag'lubiyatlari haqida yuqorida keltirib o'tdik. MMAdagi umumiy statistikasi: 24-3. Dominator janglarining uchdan bir qismini muddatidan avval yakunlagan. CHito Verada ham shunday vaziyat. Hullas, hamma faktorlar jangning qiziqarli o'tishi aniqligini ko'rsatib turibdi. Darvoqe, vazn o'lchash marosimida Marlon Vera Dominik Kruzdan grammlarga og'irroq tosh bosdi. Ammo bu jangga o'z tasirini o'tkaza olmasligini MMA muxlislari yaxshi bilishadi.

Surat manbasi: twitter.com


Co main event:


UFC'ni "portlatmoqchi bo'layotgan" bo'lajak yulduzlar jangi

Bu jang yarimengil vaznli amerikaliklar — Neyt Landver hamda David Onama o'rtasida bo'lib o'tadi. Neyt uchun bu UFC'dagi beshinchi jang. 2020 yil eng yuqori MMA promoushenida debyut qilgan Landver unda ikki bor g'alaba qozongan va shuncha mag'lubiyatni qabul qilgan. So'nggi jangida Lyudovit Kleynni sabmishen evaziga mag'lubiyatga uchratgan (2021 yil, 16 oktyabr). Umumiy statistikasi: 15-4. Janglarining yarmida ziyodini muddatidan avval yakunlagan. SHunday bo'lishiga qaramasdan, 5 raundlik janglarga ham "yaxshi o'rgangan". Uning raqibi o'zidan yoshroq bo'lgan boshqa bir amerikalik. David Onama ham UFC'da hali ko'cha tili bilan aytganda "pacan". U ushbu promoushenda uch bor jang qilgan. Boshlanishiga mag'lubiyat, keyinchalik ikkita g'alabaga erishgan. Etiborlisi, shu uchta jangni Onama yarim yildan ziyodroq vaqtda o'tkazgan. So'nggi jangi iyul oyida bo'lgan edi Davidning. Mana bir oy o'tar-o'tmas keyingi jangini o'tkazmoqda. Bir so'z bilan aytganda, David UFC'da porlyapti. Umumiy statistikasi: 11-1. Yagona mag'lubiyatini boya yozib o'tgan edik. Janglarining yarmidan ko'pini nokaut bilan yakunlagan. Atigi ikkita g'alabasini hakamlar qarori bilan qo'lga kiritgan. Ko'rinib turibdiki, jangning erta yakunlanishi ehtimoli katta. Bu esa unga bo'lgan qiziqishni oshirishi tabiiy. Darvoqe,Landverning raqibi aslida, barchamizga tanish — Zubayra Tuxugov bo'lishi kerak edi.

Suratda: Neyt Landver


Asosiy kardning qolgan janglari:

Yasmin(Jasmin)lar jangi
UFC San-Diegoning uchinchi saralangan jangi ayollar o'rtasida birinchi o'ta engil vaznda, ikki nafar Yasmin o'rtasida bo'lib o'tadi. Biri meksikalik bo'lsa, ikkinchisi brazil diyoridan. Eng qizig'i, ikkisi ham UFC'da debyut jangini o'tkazishmoqda. Meksikalik Yasmin Xauregi 23 yoshda. Debyut jangining o'zidayoq o'z adashiga qarshi jang qiladigan Xauregi faoliyati davomida hali mag'lubiyat nimaligini bilmaydi. Turli ligalarda 8 ta jang o'tkazgan Yasmin Xauregi barcha janglarida g'alaba qozongan. SHuni takidlash kerakki, Xauregi 8 ta g'alabasidan 7 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. Va hammasi nokaut bilan. Combate Global Last Latina Standing ligasining o'tgan, 2021 yilgi mavsumi g'olibasi. Xauregining raqibasiga keladigan bo'lsak, boya aytganimizdek u ham debyutant. Braziliyalik Yasmin Lusindo raqibidan 3 yosh kichik, anqirog'i 20 yoshda. 15 ta jang o'tkazgan bo'lsa, o'n bir bor g'alaba qozongan va to'rt marta mag'lubiyat alamini totgan. G'alabalarining sakkiztasini nokaut/texnik nokaut bilan yakunlagan. Ko'rinib turibdiki, ikki jangchi ham "nokautchi". Qiziq, UFC yana o'tgan galgi rekordni yangilamoqchimi?

Suratda braziliyalik Yasmin Lusindo


AQSH — Rossiya qarama qarshiligi (siyosatda emas)

Navbatdagi jang yarimog'ir vazn toifasida Amerikalik Devin Klark hamda rossiyalik Azamat Murzakonov o'rtasida bo'lib o'tadi. Klark UFC promoushenida 2016 yildan buyon jang qilib keladi. Bugungi kungacha ushbu promoushenda 13 ta jang o'tkazgan va ularning ettitasida g'alaba qozongan. Mag'lubiyatlarining aksarini Yan Blaxovich, Aleksandr Rakich, Entoni Smit hamda Ion Kucelaba kabi jangchilardan qabul qilib olgan. Umumiy statistikasi: 13-6. G'alabalarining katta qismini ochkolar evaziga qo'lga kiritgan, yani Devin Klark nokautchi emas. Tasodifni qarangki, u so'nggi jangida Uilyam Naytni texnik nokaut bilan taslim etgan. Uning raqibi Azamat Murzakonov esa ancha jiddiy. Yani Devin Klarkning mutlaqo teskari varianti. 35 yoshga to'lgan bo'lishiga qaramasdan, Azamat UFC'da endi ikkinchi jangini o'tkazyapti. Qisqa vaqt ichidagi ikkinchi jang. Murzakonov UFC'ga Dana Uayt Seriyasi orqali "chipta olgan". MMAdagi ilk jangini 2010 yilda Rossiyadagi mahalliy ligalardan birida o'tkazgan. Umumiy 11 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini "er tishlatgan". 8 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan va muddatidan avval g'alaba qozongan. Hamyurti Zubayradan farqli ravishda Azamatda viza bilan bog'liq muammo yuzaga kelmadi, ko'ramiz, buyog'iga nima bo'larkin?

Suratda: Azamat Murzakonov


UFC "go'zallari" yoxud "Zo'ravonlik malikasi" ishtirokidagi jang
Yana bir qiziq tomoni bu jang ikki brazil o'rtasida bo'lib o'tadi. Ularning biri Priscila Kechoeyra bo'lsa, ikkinchisi Ariani Lipski. Priscila Pedrita 33 yoshda. UFC'da 2018 yilda debyut qilgan. SHu bugungacha u mazkur promoushen ostida 7 ta jang o'tkazib, uch bor g'alaba qozongan. Eng qizig'i, Kechoeyra UFC'dagi dastlabki uchta jangining barchasida mag'lub bo'lganiga qaramay, Dana Uayt unga imkon bergan. Balki UFC'ga o'tishigacha bo'lgan davrda umuman mag'lubiyatga uchramagani bunga asos bo'lgandir? Xullas, Priscilaning MMAdagi umumiy statistikasi: 11-4. To'rtta mag'lubiyat haqida yuqorida yozgan edik. Uning raqibasi, o'zining hamyurti Ariani Lipski (Zo'ravonlik malikasi) bo'ladi. Ariani raqibasidan 5 yosh kichik, aniqrog'i 28 yoshda. MMAdagi ilk jangini 2013 yilda, UFC'dagi lik jangini esa 2019 yilda o'tkazgan. Umumiy statistikasi: 14-7. UFC'da u ham huddi Priscila singari 7 ta jang o'tkazib, uch bor g'alaba qozongan va to'rt marta mag'lubiyatga uchragan. Muxlislar uni aktrisa Gal Gadotga o'xshatishadi. Xullas, bir so'z bilan aytganda, bu UFC go'zali ishtirokidagi jang bo'ladi, albatta statistikalar shunga ishora qilmoqda.

Suratda: Ariani Lipski


Mahmud Muradovni "bo'g'ib qo'ygan" Jerald Myorshart uchun yana bir jiddiy sinov(cha)
Jerald Myorshart esingizda bo'lsa kerag-a? U o'tgan yili avgust oyida hamyurtimiz Mahmud Muradov bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi. Xullas, o'sha Myorshart ertaga braziliyalik Bruno Silvaga qarshi jang qiladi. Raqib o'zidan bir yosh kichik, 33 yoshda. Bu Myorshart uchun UFC'dagi 17-jang bo'ladi. U UFC'da to'qqiz bor g'alaba qozongan va etti marta mag'lubiyat alamini totgan. Eng qizig'i, Jerald so'nggi jangini ham Marlon Vera kardida o'tkazgan edi. Myorshartning umumiy statistikasi: 33-15. G'alabalarining 76 % ni sabmishen orqali qo'lga kiritgan. Uning raqibi Bruno Silvaga keladigan bo'lsak, u UFC'da to'rtta jang o'tkazgan va dastlabki uchtasida g'alaba qozongan, so'nggi jangida Israel Adesanyaning bo'lajak raqibi — Aleks Pereyraga mag'lub bo'lgan. Umumiy statistikasi: 22-7. Myorshartdan farqli o'laroq, janglarining 86 %ni nokaut/texnik nokaut bilan yakunlagan. Ko'rinib turibdiki, biri "stoyka"da urushishga harakat qilsa, biri parterda. Bu esa har doim qiziqarli bo'lgan-ku.

Suratda: Jerald Myorshart


Prelim kard janglari:

Ayollar o'rtasida birinchi o'ta engil vaznda: Andela Xill (reytingda - #13 | 13-12 | 5 KO/TKO) — Lupita Godines (8-2 | 1 KO/TKO, 1 SAB);

Og'ir vaznda: Martin Buday (10-1 | 7 KO/TKO, 1 SAB) — Lukash Brjeski (8-1-1 | 5 KO/TKO, 2 SAB);

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Sintia Kalvilo (reytingda - #12 | 9-4-1 | 2 KO/TKO, 3 SAB) — Nina Nunes (reytingda - #9 | 10-7 | 4 KO/TKO, 2 SAB);

Engil vaznda: Gabriel Benitez (22-10 | 8 KO/TKO, 10 SAB) — CHarli Ontiveroz (11-8 | 4 KO/TKO, 2 SAB);

O'ta engil vaznda: Ode Osborn (11-4 | 5 KO/TKO, 4 SAB) — Tayson Nem (20-12-1 | 12 KO/TKO, 1 SAB);

Yarimo'rta vaznda: Jeyson Uitt (19-8 | 3 KO/TKO, 8 SUB) — Josh Kuinlan (5-0 | 3 KO/TKO, 2 SAB);

Eng engil vaznda: Yussef Zalal (10-5 | 2 KO/TKO, 5 SAB) — D'Amon Blekshir (12-4 | 1 KO/TKO, 8 SAB).



Diyor Mavlonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing