13 may 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Tashkenbay Toshkentdagi jahon chempionatining ilk oltin medali sohibi!
Bugun Toshkentda boks bo'yicha jahon chempionatining ilk final janglari start oldi.
Bugungi kun doirasidagi ilk final jangi -48 kg vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda qozog'istonlik Sanjar Tashkenbay Gruziya vakili Sahil Alahverdoviga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Tashkenbay g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Toshkentdagi jahon chempionatida ilk oltin medal Qozog'iston terma jamoasiga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar