08 sen 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Zokirov chempionlik kamari yo'lida yana bir davogarlik jangini o'tkazadi, raqib jiddiy! (POSTER)
O'zbekistonlik yosh va shu bilan birga taniqli aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 3 oktyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida tashkil etiladigan ONE Fight Night 36 turniri doirasida oktagonga qaytadi. O'sha kuni Zokirovga xitoylik 29 yashar Yong Xu raqib bo'ladi.
Malumot o'rnida, o'ta engil vazn toifasida ONE FC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan 22 yoshli Sanjar Zokirov faoliyati davomida hozirga qadar 13 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Yong Xu hisobida esa 13 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor. U reytingda beshinchi o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar