12 jan 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Zokirov yaponiyalik amaldagi chempionni jangga chorladi (FOTO)
O'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirov navbatdagi jangini bahorda o'tkazish niyatida.
Hamyurtimiz o'ta engil vazn toifasida ONE Championship Ligasining amaldagi chempioni, yaponiyalik Yuya Vakamatsu bilan jang qilmoqchi. Zokirov mazkur jangning 10 aprel kuni tashkil etiladigan ONE FC turniri doirasida o'tkazilishi tarafdori.
Malumot uchun, 22 yashar "Tornado" Zokirov faoliyati davomida hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 30 yoshli Vakamatsu hisobida esa 20 g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor. U o'z chempionlik kamarini bir marta muvaffaqiyatli himoya qilib ulgurgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar