17 iyu 12:35
Yangiliklar
Dzyudo
Sankt-Peterburg xalqaro turnirining ikkinchi kuni bitta bronza + FOTO
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Anatoliy Raxlin Kubogi uchun xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
2005-2007, 2008-2009 yillarda tavallud topgan dzyudochilar ishtirokida o'tayotgan ushbu musobaqada sakkiz davlatdan istedodli dzyudochilar tatamiga chiqishyapti. Tunirda yurtimiz sharafini Tohir Fayziev va O'lmas Gulliev murabbiyligidagi o'smirlarimiz himoya qilishmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni -55 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Zafarbek O'ktamov bronza medalini qo'lga kiritdi. Birinchi kungi bahslarda +73 kg vazndagi dzyudochimiz Ubaydulloh Botirov finalga qadar etib borib, kumush medal sohibiga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar