06 apr 17:18
Yangiliklar
Dzyudo
Sardor Nurillaev Osiyo chempioni!
Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati davom etmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Sardor Nurillaev ishtirokidagi final bahsi yakuniga etdi. -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz oltin medal uchun kechgan bellashuvda koreyalik An Baulga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz bahsda Nurullaev Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirining oltin medali sohibi bo'lgan An Baulni ippon (ikkita vazari) bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo chempioniga aylandi. Ushbu g'alaba evaziga Bishkekdagi arenada Hosila Rahimovaning "CHavandoz" qo'shig'i jarang sochdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar