29 may 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"Saudiyaliklar boksga jiddiy kirishishgan" - Dmitriy Bivol
Jahon chempioni Dmitriy Bivol Saudiya Arabistonining boks sanoatiga kirib kelayotgani haqida gapirdi.
"Saudiyaning boylikka to'la ertagi tugaydimi? Agar faqat janglarga pul sarflashsa, bu tez tugashi mumkin. Lekin ular The Ring jurnaliga egalik qila boshlashdi, DAZN platformasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida ham gaplar bor.
Ular promouterlik kompaniyalari tashkil etishmoqda. Hammasi shundan dalolat beradiki, ular boksga jiddiy va chuqur kirayotgan ko'rinadi. Bu orqali nafaqat mamlakatlariga etibor qarata olishadi, balki yaxshi daromad ham topishlari mumkin", — dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivolning Beterbievga qarshi ikki jangi ham Saudiyada bo'lib o'tgan, uchinchi to'qnashuv ham shu erda o'tkazilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar