10 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares bir hafta ichida raqibi va jang sanasi malum bo'lishiga ishonmoqda
Ikki vazn toifasidagi jahon chempioni Saul Alvares yaqin bir hafta ichida navbatdagi jangining sanasi va raqib nomini aytishiga ishonayotgani haqida gapirdi.
Meksikalik bokschi "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomasini bekor qilgandi. Hozirda u janglarini o'zi tashkil qilmoqda.
"Men bu hafta qachon va kimga qarshi ringga chiqishimni malum qilishni istayapman. Menga farqi yo'q: bu jang 19 dekabr kunimi yoki Rojdestvo kuni bo'ladimi? Men shu yil jang qilishni xohlayman. Ish bu ish!
Muxlislar uchun yaxshi janglar tashkil qilishni xohlayman. Kaleb Plant, Kallum Smit, Billi Jo Sonders va Riota Murata kuchli bokschilar. Ko'ramiz, ularni qaysi biri jangga tayyor ekan", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar