23 mar 12:05
Yangiliklar
Saul Alvares: "Hozir o'zimning eng yaxshi sport formamda emasman"
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Kanelo Alvares 7 may kuni britaniyalik Jon Rayderga qarshi o'tadigan jangi haqida fikr bildirdi.
"Taxmin bildiruvchilarga ularning bashorati noto'g'ri ekanligini isbotlashdan xursand bo'laman. O'zimni yaxshi xis qilyapman. Ko'p yillik tajribam bor, 17 yil. Mening jarohatlarim bor edi. Men hozir o'zimning eng yaxshi sport formamda emasman, lekin motivaciyam bor.
Sport zalida vaqt o'tkazishni va iloji boricha mashq qilishni yaxshi ko'raman. Odamlar esa natijalarni ko'radi. Raqibimda hammasini olish imkoni bor va aksincha, uning yo'qotadigan hech narsasi yo'q.
U o'z imkoniyatini qo'lga kiritish uchun yaxshi jangchilarga duch keldi va niyatiga erishdi. Men uchun xavf shu, ammo o'zimni juda yaxshi xis qilyapman", - dedi Alvares.
Fikrlar