22 okt 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Kaleb Plantga qarshi jangni nechinchi raundda yakunlamoqchi?
Supero'rta vazn toifasida WBA, WBC, WBO kamarlari sohibi Saul Alvares IBF chempioni Kaleb Plantni nechanchi raundda nokaut qilmoqchi ekanligini malum qildi.
"Men ko'p bora bunday yirik janglarda ishtirok etganman. U uchun esa bunday jang ilk bor bo'lmoqda va tabiiyki, u shu jihatdan qiynaladi. Mening jang uslubim turlicha, kerakli vaqt kerakli jang uslubini tanlay olaman. Kaleb ham yaxshi bokschi, u ham ringgda yaxshi harakatlanadi. Uni sakkizinchi raundda nokaut qilmoqchiman", - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Kaleb Plant o'rtasidagi mutlaq jahon chempionlik jangi 6 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar