17 may 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares Mbilliga qarshi jang anonsiga munosabat bildirdi
Saul Alvares Kristian Mbilliga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Ularning jangi 12 sentyabr kuni Ar-Riyodda o'tkaziladi.
"SHuncha yildan beri sportdaman, ammo motivaciyam o'zgarmagan — o'zimga chaqiriq tashlash, Meksika sharafini munosib himoya qilish va merosimni mustahkamlash. Mbilli mag'lubiyatga uchramagan va juda kuchli bokschi, men buni hurmat qilaman. Ammo men doim tayyorgarlikka, chiqishimga va muxlislarga yana bir ajoyib boks oqshomini taqdim etishga etibor qarataman. 12 sentyabr kuni Ar-Riyodda biz yangi sahifani boshlaymiz. Men butun faoliyatim davomida amal qilgan intizom, ambiciya va maqsad sari intilish bilan ringga chiqaman", — dedi Alvares Riyadh Season matbuot xizmatiga.
Havola :
Manba : Riyadh Season
Fikrlar