16 apr 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Sondersga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni Saul Alvares WBO kamari sohibi Billi Jo Sondersga qarshi bo'ladigan jangi haqida fikrlarini bildirdi.
"Sonders ringda ajoyib harakat qiladi. U tezkor, qanday boks tushishni biladi. Ammo bunga ham yo'l topa olaman. Og'ir jang bo'lishini tushunib turibman, ayniqsa dastlabki raundlarda. SHunga ham tayyorman.
Raqibni birinchi, sakkizinchi yoki o'ninchi raundda mag'lub etish mumkin. Ammo men 2014 yildagidek emasman. Biroz tajriba orttirdim. O'ylaymanki, bu menga foyda keltiradi", - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, Alvares - Sonders jangi 8 may kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar