27 fev 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: U kuchli va yorqin raqib
Supero'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares o'zining raqibi haqida fikr bildirdi.
Meksikalik Avni Yildirimni jangda istalgan paytda xavfli bo'lishi mumkin deb hisoblaydi.
"Yildirim - yorqin va kuchli jangchi. U istalgan vaqtda o'zining xavfli ekanligini ko'rsatishi mumkin. Joel Dias esa - zo'r murabbiy. U Avniga meni engishi mumkin bo'lgan barcha usullarni o'rgatishiga ishonchim komil. Ammo menda ham o'zimning qurolim va rejalarim bor. Ringga chiqqanimda Yildirimni kukunga aylantiraman", - deb aytdi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Avni Yildirim jangi 28 fevral tongida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar