06 may 16:22
Yangiliklar
Saul "Kanelo" Alvares Jon Rayder taroziga chiqdi
Ushbu tadbir Alvaresning ona vatani Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo'lib o'tadi. "Qirol uyiga qaytmoqda" shiori ostida o'tadigan prof boks kechasining markaziy jang ishtirokchilari belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
32 yoshli Saul Alvares 75,98 kg, britaniyalik 34 yoshli Rayder esa 76,20 kg vazn qayd etgan. Kanelo 12 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor o'z vatandoshlari ko'z o'ngida ringga ko'tariladi.
Yana bir qiziqarli jang engil vazn toifasida meksikalik WBC chempioni Xulio Sezar Martines hamda uning kamariga davogar Ronal Batista o'rtasida bo'lib o'tadi. Ikkala bokschi ham bir xil vazn ko'rsatdi - 50,80 kg.
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Gvozdik Richard Bolotnik bilan to'qnash keladi. Ikkala bokschining ham vazni bir xil ekani oydinlashdi - 79,29 kg.
Fikrlar