29 mar 09:45
Yangiliklar
Sebastyan Fundora va Kit Turman jangi 6-raundda yakunlandi
Asosiy jangda WBC yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rta vazn (69,9 kg gacha) chempioni Sebastyan Fundora hamyurti Kit Turmanga qarshi jangda kamarini himoya qildi.
Jang olti raundgina davom etdi. Fundora jangda texnik nokaut bilan g'alaba qozondi.
Fundora 28 yoshda. U 2016 yilda professional faoliyatini boshlagan va 2024 yil mart oyida Tim Czyuni mag'lub etib, kamarlarni birlashtirgan holda jahon chempioniga aylangan. Uning hisobida 24 g'alaba (15 nokaut), 1 mag'lubiyat va 1 durang bor.
37 yoshli Turman 2007 yilda professional boksda debyut qilgan, 2015 yilda yarim o'rta vaznda chempionlikka erishgan, U faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni Menni Pakyaodan qabul qilgan edi. Bu uning ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Ushbu vaznda o'zbekistonlik Isroil Madrimov ham o'z janglarini o'tkazadi. Ayni paytda u WBC reytingida 6-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar