29 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Sen-Per Xabib bilan ehtimoliy jang haqida: "Men 42 yoshdaman..."
Jorj Sen-Per Xabib Nurmagomedov bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi.
"Barcha o'zaro jangimizni ko'rishni istardi, chunki Xabibda ideal karera bo'lgan. Xech kim uni mag'lub eta olmagan, u o'z cho'qqisida ketgan. Agar men birgina jang uchun oktagonga qaytishim kerak bo'lganida, aynan o'shanda bu ishni qilardim.
Ammo men hozir 42 yoshdaman. Doimo o'zimga "40 yoshga to'lganimdan so'ng barchasi tugaydi" deb kelganman. Qaytishga xech narsa meni majbur qila olmaydi. 38-39 yosh bo'lgan paytimda ham jang qilishim mumkin edi. Xatto uning vakillari ham Xabib men bilan uchrashmoqchi ekanligini aytgandi.
Ammo keyin u faoliyatini yakunlashni elon qildi. Biz shokda edik", - dedi Jorj Sen-Per.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar