09 apr 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per Xabib haqida fikr bildirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Jorj Sen-Per Xabib Nurmagomedovni eng zo'r jangchi deb hisoblaydi.
«Menimcha, Xabib eng xavfli jangchilardan biri. U raqiblarini nafaqat uradi, balki ruhan ham sinishga majbur qiladi. Bu esa sportdagi eng yomon narsa. Men uchun Xabib P4P reytingini boshqargan eng xavfli jangchi bo'lib qoladi. Unga qarshi jang qiziq bo'lardi, biroq endi barchasiga yakun yasaldi. Uch yil avval faoliyatimni yakunladim. Xabibga qarshi jang uchun qaytishni istagan bo'lardim, biroq endi buni imkoni yo'q», - dedi Sen-Per.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar