22 okt 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

“Sen-Per - Xabib jangi bo'lmaydi”
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per hamda Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jang tashkil etilmaydi.
Bu haqida sobiq chempionning murabbiyi Jon Danaxer malum qildi.
“Bu bahs tashkil etilsa, ajoyib ish bo'lardi. Lekin Jorj Sen-Per va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi to'qnashuv yosh tafovuti sababli hech qachon tashkil etilmaydi. Jorj ancha yil avval faoliyatini yakunlagan. SHuningdek, uning oshqozonida jiddiy muammolar bor. SHu sababli ham u doim ham to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta olmaydi”, - dedi Danaxer.
Eslatib o'tamiz, Xabib bir necha bor faoliyatini Jorj Sen-Perga qarshi jang bilan yakunlash niyatida ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar