02 avg 14:41
Yangiliklar
Serbiyadagi ilk UFC turniri tashkilotning ikkita rekordini yangiladi
Ushbu oqshomda muddatidan oldin yakunlangan janglar soni bo'yicha tashkilotning ikkita rekordini o'rnatildi. UFC tarixida Serbiyada o'tkazilgan ilk turnir ham birinchi raunddagi finishlar (muddatidan oldin yakunlangan janglar), ham umumiy muddatidan oldin erishilgan g'alabalar soni bo'yicha rekordchi bo'ldi.
Turnir doirasida jangchilar birinchi raundning o'zida 10 ta muddatidan oldin g'alabaga erishib, avvalgi ettitalik rekordni yangilashdi. Turnirda jami 12 ta muddatidan oldin yakunlangan jang qayd etildi, bu ham UFC uchun yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi ko'rsatkich 11 ta finishni tashkil etgan edi.
Oqshomning markaziy jangi serbiyalik Urosh Medich va amerikalik Daniel Rodriges o'rtasida kechdi. Medich birinchi raundning atigi 30-soniyasida texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Yana bir finishni start raundida Yangi Zelandiya vakili Navaho Stirling rasmiylashtirdi. U UFC`ning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni, polshalik Yan Blaxovichni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi. Aslida kecha Navaho o'rnida hamyurtimiz Bogdan Guskov Blaxovichga qarshi revansh jangida oktagonga chiqishi kerak edi.

Fikrlar