03 jan 12:19
Yangiliklar
Sergey Bogachuk: "Bu juftlik g'olibi mening keyingi raqibim bo'ladi"
U yakunlangan yilning 21 dekabr sanasida Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tkazilgan boks oqshomi doirasida angliyalik Ishmael Devisni mag'lubiyatga uchratib, o'z vaznida WBC kamari uchun majburiy davogar maqomini qo'lga kiritgandi.
"Men chempionlik uchun jang qilishni juda xohlardim, endi bu maqsadga har qachongidan ham yaqinroqman. Hozir keyingi raqibim va qachon jang qilishim haqidagi malumotlarni kutyapman. Qolganlari ikkinchi darajali. Hozir bu yo'nalishda Fundora chempion. U Spens bilan jang qiladi, balki keyingi jangim shu juftlik g'olibi bilan bo'lar.
Ikkinchi variant esa, Fundora kamarni vakant qoldiradi, men esa egasiz chempionlik uchun boshqa raqib bilan jang qilaman. Jahon chempionlik kamari uchun davogar ekanligim men uchun motivacion omil. Bu mening faoliyatim uchun katta qadam", dedi Bogachuk.
Malumot uchun, mazkur vazn toifasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik Isroil Madrimov 22 fevral kuni WBC Interim chempioni Verjil Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar